Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Samsung Galaxy S4 — innovatsion imkoniyatlari

Samsung Galaxy S4 — innovatsion imkoniyatlari

Samsung Galaxy S4 smartfonini ishlab chiqishda uni yangi texnologiyalar, misli ko‘rilmagan innovatsiyalar bilan boyitdi. Chunki hozirgi raqobatli bozorda faqat katta ekran, sifatli kamera bilan g‘olib bo‘lish mushkul ish. Ushbu innovatsion texnologiyalarni iste’molchilarga tushuntirish maqsadida Samsung tomonidan juda kuchli marketing kampaniyasi uyushtirildi.

 

 


Qani ko‘raylik-chi, bu yangi texnologiyalar nima ekan o‘zi? Masalan, telefoningizga tegmasdan qo‘ng‘iroqqa javob berishga qalaysiz?

 

Air Gesture
“Havoda imo-ishora” funksiyasi yordamida Galaxy S4 egalari qo‘llarini smartfon tepasida harakatlantirib, rasmlarni o‘zgartirishlari, qo‘ng‘iroqqa javob berishlari mumkin.

Smart Screen
Bu funksiya, menimcha, smartfonda qo‘llanilgan barcha texnologiyalarning eng xayratlanarlisi. Video tomosha qilib turganingizda boshqa narsaga chalg‘isangiz, video to‘xtab qoladi. Zo‘r, a? :)

Air View
“Havoda ko‘rish” texnologiyasi yordamida qo‘lingizni smartfonga tekkazmay, undagi ma’lumotlarni ko‘rishingiz mumkin. Bu ayniqsa yog‘li somsa tanovvul qilish paytida qo‘l keladi ;)

Turn Over
Bu imkoniyat yordamida qo‘ng‘iroq yoki musiqani tezda o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.

WatchOn
Galaxy S4 smartfoniga infraqizil uzatkich o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida uyingizdagi televizor, DVD-pleyer va boshqa maishiy texnikani boshqarishingiz mumkin. Quyidagi videoda biz televizorni boshqarish imkoniyatini sinab ko‘rdik.

Albatta, bu Samsung Galaxy S4 smartfonidagi innovatsion imkoniyatlarning kichik qismi. Ammo shuni ta’kidlash joizki, bu funksiyalar hammaga ham, har kuni ham kerak bo‘lmaydi. Chet el mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday funksiyalar smartfondan foydalanishni, uni idora etishni mushkullashtiradi. Chindan ham, smarfon sozlashlari shunchalik ko‘p-ki, men hali hanuzgacha ularning ko‘pini tushunib yetmadim.

Manba: www.daryo.uz

Share