Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right

Биз хақимизда


Ассаламу алайкум! Ушбу www.e-dastur.uz сайтимиз асосан илм талабида изланаётган ёшлар учундир, бу сайтимиз ҳақида фикр мулоҳазаларингиз ёки таклифларингиз бўлса, биз билан қуёидаги e-mail орқали боғланишингиз мумкин.

E-mail: info@e-dastur.uz



Eng yaqin DO'ST

Eng yaqin do’st!

Olis hayot yo’llarimda Hamrohim,
Yaxshi yomon kunlarimda Panohim,
Dardu alamlarda Guvohim,
Chin do’stimdan ayirmagin Allohim!

Bir tomchi suvdan favvora bo’lmas,
Do’sti bor insonlar bechora bo’lmas,
Ishonin so’zlarim rostdur yolg’onsiz,
Dunyoda hech bir do’st sizdek bo’lolmas!

Hayot hayotligin qilsa nogahon,
Sendan yuz o’girsa jumlai jahon,
Dos’tlaringdan qolsa bir nafar inson,
Bilginki shu do’sting o’zimman har on!

Orzular bag’rida cho’milsam,
Baxtimdek tuyulsa hatto armonim.
Doimo baxtli bo’l, menga shu kerak,
Qayerda bo’lsang ham Aziz insonim!

Alloh bo’lsin robbingiz,
Jannat bo’lsin uyingiz,
Bu o’tkinchi dunyoda,
O’zim bo’lay DO’STingiz!

Har bir narsani yaratgan Alloh,
Har bir bandasiga bo'ladi panoh,
Yaxshi do'st bo'lish ham katta bir savob,
Men ham sizga do'stman insha Alloh!

Juma ayyom Muborak!

Umr berdi Allohim shukurlar bo'lsin,
Islomda yaratdi zikrlar bo'lsin,
Qalbingiz ilmu hunarga to'lsin,
Juma ayomingiz muborak bo'lsin!

Umr maftunkordir ISLOM-la o'tsa..
O'lim ajoyibdir IYMON-la o'tsa..
Yanada go'zal bo'lur jumangiz agar,
TOAT-la,HAYR-la, DUO-la o'tsa.

Bo’lsin qalbimizda sunnatla qur’on,
Yashaylik hayotda islomla har on,
Bugun hursandchilik kunidir bir bor,
Jumangiz muborak aziz qadrdon!

Kimga erta kimgadir kech kelar davron,
Kimlargadir shu kunlar ham bo’lgan armon.
Sinovlarga sabr qilmoq qanday go’zal,
Shunda o’zi qo’llar bizni buyuk Rahmon.

Ushbu kun Allohning inoyatidir,
Barcha duolarning ijobatidir,
Hamrohingiz bo’lsin eng ezgu tilak,
Aziz insonimga Juma Muborak!

Allohning rahmati bo’lsin bizlarga,
Qalbimiz hidoyat nuriga to’lsin!
Shukr kim yetkazdi qutlug’ kunlarga,
Juma ayyomingiz muborak bulsin!

Jamiki mavjudod bilsaydi agar,
U kunning nash’asi go’zal qanchalar,
Malaklar shodlikdan qilsalar bayram,
Allohning rahmati yog’ilgan shu dam!

Robbi Alloh, Dini Islom,
Tilagi Iymon, Kitobi Qur’on,
Tilida kalimai-saodati bo’lgan Inson!
Alloh Taolo rozi bo’lsin,
JUMA ayyomi muborak bo’lsin!

Bugun to'kiladi falakdan savob,
Bugun ushaladi orzu va istak,
Bugun balki qiyomatdir bilmasman ammo,
Derman barchangizga Juma Muborak!

Share