Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Samsung = Nokia + Apple?

Samsung = Nokia + Apple?

2012 yilda «Samsung» kompaniyasi barcha turdagi mobil telefonlar jahon bozorining to‘rtdan bir qismini egalladi va «Apple» hamda «Nokia» mahsulotlarining jami sonidan ko‘ra ko‘proq smartfon yetkazib berdi. «Samsung Electronics» 2012- yilda 213 mln. ta smartfon yetkazib berdi, «Apple» va «Nokia» ishlab chiqargan smartfonlar esa, jami 170,8 mln. donani tashkil etdi, deb xabar beradi cnews.ru, Strategy Analytics ma'lumotlariga asoslanib.

 

«Samsung» smartfonlarini yetkazib berish 2012- yilda ikki barobardan ziyodga o‘sdi – 2011- yilda sotilgan qurilmalar hajmi 97,4 mln.ta edi. «Apple» kompaniyasi esa 46 foizlik o‘sishga erishdi – u o‘tgan yilda 135, mln. ta smartfon sotdi. «Nokia» mahsulotlari savdosi esa, aksincha, ikki barobarga qisqardi – 2011- yildagi 77,3 mln.dan 2012- yilda 35 mln. donaga.

2012- yil yakunlariga ko‘ra, «Samsung» kompaniyasi, miqdoriy jihatdan, jahon smartfonlar bozorining  30,4 foizini egalladi. «Apple»ning ulushi – 19,4 foiz, «Nokia»niki esa – 5 foizga teng bo‘ldi. 2011- yilda kompaniyalarning ulushlari, tegishlicha, 19,9 foiz, 19 foiz va 15,8 foiz bo‘lgan edi. O‘tgan yilda, hammasi bo‘lib, global savdo tarmoqlariga 700,1 mln.ta smartfon yetkazib berilgan.  Yetkazib berish hajmi 43 foizga o‘sdi, uning teng yarmi «Samsung» va «Apple»kompaniyalari ulushlariga to‘g‘ri keldi.

Umuman olgan, 2012 yilda jahon bozoriga 1,6 mlrd. dona turli xildagi mobil telefonlar, jumladan smartfonlar chiqarildi. 2011 yilga nisbatan o‘sish katta bo‘lmadi – atigi 2 foiz. O‘tgan yilda chiqarilgan har to‘rtta mobil telefonning bittasi «Samsung»ga tegishli bo‘ldi (2012  yilda «Samsung» bozorga 396,5 mln. mobil telefon yetkazib berdi).

Smartfonlarning jahon bozoriga chiqarilishi, mln. dona


Manba: Strategy Analytics

«Nokia» mobil telefonlari chiqarilishi o‘tgan yilda 20 foizga tushib ketdi – 417,1 mln. dan 335,6 mln. donaga (bozorning 21,3 foizi). Tahlilchilar ikkita SIM-kartali Nokia Asha telefoniga talab kattaligini qayd etmoqdalar, lekin bu «Apple», hamda rivojlanayotgan mamlakatlardagi «Samsung» bosimiga yetarli qarshilik qila olmaydi.

Barcha turdagi telefonlarning jahon bozoriga chiqarilishi, mln. dona

Manba: Strategy Analytics

2012 yilda eng yirik mobil telefon ishlab chiqaruvchilar orasida to‘rtchinchi o‘rinni Xitoyning ZTE kompaniyasi egalladi. U jami 71,7 mln. apparat yetkazib berib, bozorning 4,6 foizini egalladi.

Manba: www.megabayt.uz

Share