Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Axborotlashgan jamiyat

 Industrial jamiyatdan  axborot jamiyatiga o’tish!

Axborotlashgan jamiyat - Mustaqil O’zbekistonimizda kibernetika va informatikaning taraqqiyot yo'li qanday kechdi va bu fanlarning rivojlanish istiqbollari qanday, degan savollar xaqida  qisqacha to'xtalib o'tamiz. Kibernetika va informatika soxasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va halq xo'jaligiga joriy etish maqsadida 1956 yilda

akademik M.T. O'rozboyev tashabbusi bilan Uzbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida V.I. Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida xisoblash texnikasi bo'limi ochildi. Unga V.Q.Qobulov raxbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bor «Ural-1» rusumli EUM o'rnatildi.
1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida Uzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibida xisoblash markazi bo'lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda esa uning asosida Kibernetika ilmiy ishlab chikarish birlashmasi tashkil etildi.
Xalq xo'jaligidagi turli masalalarni xal etishda algoritmlashtirish nazariyasini yaratish va rivojlantirishga akademik V.Q. Qobulov boshchiligidagi birlashmaning Yetakchi olimlari O'zbekistonda kibernetikaning tarkib topishi va rivojlanish bosqichiga ulkan xissa qo'shishdi. Tasvirlarni tekshirib bilish va sun`iy intellekt nazariyalari bo'yicha katta maktab yaratgan akademik M.M. Komilov, matematik modellash va xisoblash eksperimenti, matematika va mexanikaning murakkab vazifalarini xal etishning mikdoriy-taxliliy usullari bo'yicha akademiklar F.B. Abutaliyev, B.A. Bondarenko, T. Bo'riyev, axborotni qayta ishlash bo'yicha — akademiklar D.A. Abdullayev, T.F. Bekmuratov, kibernetika fanining turli yo'nalishlari bo'yicha ulkan maktablar o'zagini yaratgan professorlar T.A. Valiyev, F.T. Odilova, Z.T. Odilova, O.M. Nabiyev, D.N. Axmedov, R.S. Sa`dullayev, Z.M. Solixov, N. A. Mo'minov, ta`lim soxasini kompyuterlashtirish bo'yicha ilmiy-uslubiy izlanishlar olib borgan va bu soxaning rivojlanishiga katta xissa qo'shgan professor M.Ziyoxo'jayev va boshqalarning katta xizmatlarini ta`kidlash lozim. Hozirgi kunda akademik V.Q. Qobulovni Uzbekistonning barcha kibernetiklari o'zlarining ustozi sifatida ko'rishadi va shuning uchun xam u insonni xurmat bilan mamlakatimiz kibernetikasining «otaxoni» deyishadi.

Davlat tomonidan tartibga solishning muximligi va respublikada axborotlashtirish jarayonini tezlashtirish zaruriyatini xisobga olib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 8 dekabr qarori bilan Fan va texnika bo'yicha Davlat Qo'mitasi (FTDK) qoshida Axborotlashtirish bo'yicha bosh boshqarma (Boshaxbor) tuzildi.
Zamonaviy jamiyatda insonning ishlab chiqarish faoliyati umumlashgan ishlab chikarish (UICH) doirasida kechmoqda. UICH bir-biri bilan uzviy bog'liq fizik(moddiy) xamda axboriy-mantiqiy qismlardan iborat. Ishlab chiqarishning axboriy-mantiqiy qismiga kuch bergan mamlakatlar yuqori ish unumdorligi va zamonaviy, xaridorgir maxsulotlar ishlab chiqarishga erishganliklari ma`lum. Axboriy-mantikiy ishlab chiqarish (AMICH)ning resurslari asosini axborot, mexnat vositalarini esa xisoblash texnikasi, uning dasturiy ta`minoti, axborot texnologiyalari va boshqalar tashkil qiladi. Mexnat vositalari xamda aqliy mexnatni sarf qiluvchi, tajriba va bilimga ega insonlar AMIChning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. AMIChning maxsuloti abstrakt ob`ekt (axborot, model) iste`mol predmeti sifatida namoyon bo'lmoqda.
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi xam o'zgaradi. Barcha xarakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va iste`mol etishga yo'naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chiqariladi va iste`mol etiladiki, bu xol aqliy mexnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga extiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.

Axborotlashgan jamiyat — jamiyatning ko’pchilik a`zolari axborot, ayniqsa  oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo’lib qolmoqdaki yoki bu mamlakat XXI asrda munosib o’rin egallashi va bosh­qa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqada teng qatnashishi uchun o’z iqtisodiy tuzilishi, ustuvorliklari, boyliklari, institutlarini qayta qurishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi lozim.
Bizning Respublikamiz xam mustaqillik tufayli axborotlashgan jamiyat tomon kirib bormoqda. Bu masala Prezidentimiz va xukumatimizning diqqat markazida birinchi masalalar qatorida turibdi.
 Texnologiya so’zi grekchadan tarjima qilinganda san`at, ustalik, malaka ma`nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma`lum kerakli material maxsulotni xosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig’indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob`ektining dastlabki, boshlang’ich xolatini o’zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan xolatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, yog’ va boshqa sut maxsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang’ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot maxsulotinigina olish mumkin. Ushbu xolda xam «texnologiya» tushunchasining ma`nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga «axborot» so’zini ko’shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy maxsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
 Texnologiyani quyidagicha ta`riflash mumkin. Texnologiya — bu sun`iy ob`ektlarni yaratishga yo’naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo’nalishda borishini ta`minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu Yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o’zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot xosil qilish maqsadida xam boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta`riflash mumkin.
Axborot texnologiyasi — bu axboriy ma`lumotni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jixatidan yangi ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini kondiradigan yangi maxsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo’lgan, uni taxlil etish va u asosida  qaror qabul qilishi kerak bo’lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo’llab, bitta moddiy resurs­lardan turli maxsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan xam aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda xar bir o’quvchi boshlang’ich axborotni qayta ishlash uchun o’zining bilimini qo’llaydi. Masalaning Yechimi bo’lgan yangi axborot maxsuloti, o’quvchi tanlay olgan masalani Yechish texnologiyasi, usuliga bog’lik.
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jixozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun xam uzining «uskunalari», vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, uzgartiriladi. Uozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoklari keng kullanilmokda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoklarining kullanishiga urKu berish maqsadida kupincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya xakida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi uzi uchun asosiy muxit bo’lgan axborot tizimlari bilan bevosita boKlikdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo’lgan ma`lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo’lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan okilona foydalanishning eng muxim usullaridan biri bulib, xozirgi vaktga kadar bir necha evolyutsion boskichlarni bosib utdi.
Ana shu boskichlarga kiskacha tuxtalib utamiz.
1-boskich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu boskichda «Kullik» axborot texnologiya tarakkiy etgan. Uning vositasi: pero, siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya, ya`ni aloka odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.
2-boskich. XIX asrning oxiri, unda «Mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
3-boskich. XX asr boshlariga mansub bulib, «Elektromexanik» texnologiyalar bilan fark kiladi Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu boskichda axborot texnologiyasining maqsadi xam uzgardi. Unda asosiy urKu axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shakllantirishga kuchirildi.
4-boskich. XX asr urtalariga tuKri kelib, «Elektron» texnologiyalar kullanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi  EUMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
5-boskich. XX asr oxiriga tuKri keladi. Bu boskichda  «Kompyuter» texnologiyalari tarakkiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga muljallangan dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bos­kichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa soxalarga muljallangan texnik vositalarning uzgarishi ruy berdi. Lokal va global kompyuter tarmoklari ishlatila boshlandi.
Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bulinadi:
1. Ma`lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma`lum algoritmlar buyicha boshlanKich ma`lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni Yechishga muljallangan. Masalan, xar bir firmada uzining xodimlari xakidagi axborotga ishlov beruvchi axborot texnologiyasi albatta bulishi kerak.
2. Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul kilish bilan boKlik bo’lgan insonlarning axborotga bo’lgan talabini kondirishdan iborat. Boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning utmishi, xozirgi xolati va kelajagi xakidagi axborotni xam uz ichiga oladi.
3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi.
Avtomatlashtirilgan ofisning zamonaviy axborot texnologiyalari bu — tashkilot ichidagi va tashki muxit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoklari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo’llab-kuvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar xam ishlab chikilgan. Ulardan biri Microsoft Offise dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word matn muxarriri, Excel elektron jadvali, Power point takdimot uchun grafikani tayyorlash dasturi, Microsoft Access ma`lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.
Uozirgi paytdagi kompyuterlar uchun kuplab dasturiy vositalar mavjudki, ular barcha turdagi axborot texnologiyalarini ta`minlay oladi. Ularning ayrimlari bilan kiskacha tanishib chikamiz.
Ma`lumotlar ombori. Uar kanday axborot texnologiyasining majburiy komponenti ma`lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan ofisda MO firmaning ishlab chiqarish tizimi xakidagi barcha ma`lumotlarni uzida saklaydi. MO, uni tashkil kilish va boshqarish xakida batafsil 10- bobda tanishib chikamiz.
Matn protsessori. Bu matnli xujjatlarni tashkil etish va ularga ishlov berishga muljallangan dasturiy vosita turidir. Masalan, matn muxarririda tayyorlangan xat va xujjatlarni doimiy ravishda qabul kilish menedjerga firmadagi xolatni doimo nazorati ostida tutishga yordam beradi.
Elektron pochta (YE-mail) — kompyuterlardan tarmokda foydalanishga asoslangan bulib, xamkor (partnyor)larga ma`lumotlar junatish yoki ulardan ma`lumot olish imkoniyatini yaratadi.
Audiopochta — bu ma`lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orqali uzatuvchi pochtadir.

 Manba: kutubxona.uz

Share