Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



4-dars - Matn tahrirlash

 Matn tahrirlash

Matn tahrirlash mavzusi ushbu qo'llanmadagi eng katta bo'limlardan biri. O'zlashtirib olishingizni osonlashtirish uchun uni ikkiga bo'lib tushuntirishni lozim topdik. Ularning har biri matn tahrirlashda ishlatiladigan HTMl teglarni batafsil tahlili misollar yordamida aks ettirilgan. 
• Matnning alohida bo'laklarini tahrirlovchi teglar
• Matnning yirik bo'laklarini tahrirlovchi teglar
"Matnning alohida bo'laklarini tahrirlovchi teglar"
Quyida tasnifi keltirilgan barcha matn tahrirlash uchun ishlatiluvchi teglar ocxilgandan so'ng ularni yopish shart. Ocxilgan tegning ta'sir doirasi u yopulgunga qadar davom etadi. Agar siz tegni yopishni unutsangiz, uning ta'sir doirasi hujjat ohirigacha davom etadi. Barcha teglash man bunday shemada yoziladi: <TEG1><TEG2> Kerakli matn </TEG2></TEG1>. Har doim eng ohiri ocxilgan tegni birinchi bo'lib yopishni unitmang (qarang. teglarni yozish shartlari).
<B> Kerakli matn </B>
Bu teg orasida yozilgan matn qalin harflar bilan belgilanadi.
<CITE> Kerakli matn</CITE>
Ushbu teg orasida yozilgan matnni brauserga bu matn tsitatligi haqida axborot beradi. Masalan Netscape Navigator bu teg orasida yozilgan matnni o'ng tamonga qiyalab yozilgan shakilda namayish qiladi.
<CODE>Kerakli matn</CODE>
Yozilgan matnni brauser tomonidan belgilangan o'lchamda bo'lishini ta'minlaydi.
<EM>Kerakli matn</EM>
Bu teg orasida kiritilgan matnga alohida ma'no berdi. Bu matnga muallif o'quvchi e’tiborini alohida qaratmoqcxiligini anglatadi. Turli brauserlar uni turlicha namoyon etadi.
<I>Kerakli matn</I>
Matn o'ng tomonga qiyshaytirib yoziladi.

<BIG>Kerakli matn</BIG>
Matnni kattalashtirish. Yozilgan matn boshqalariga nisbatan kattalashtirilgan harflar bilan belgilanadi.
<SMALL>Kerakli matn</SMALL>
Mantni kichraytirish. Yozilgan matn boshqalariga misbatan kichiklashtirilga holda belgilanadi.
<STRIKE>Kerakli matn</STRIKE>
Teg orasida yozilgan matn ustidan chiziq tortiladi.
<STRONG>Kerakli matn</STRONG>
Matin ichidagi ayrim so'zlarni kuchli ajratib ko'rsatish uchun ishlatiladi.
Kerakli <SUB>matn</SUB>
Korinib turganidek bu teg orasida kiritilgan matn, mant chizig'idan pastda kichik harflar bilan yoziladi
Kerakli <SUP>matn</SUP>
Yuqorida keltirilgan tegning teskari shakildagisi bo'lib, u matnni yuqorida kichik harflar bilan yozilishini ta'minlaydi.
<U>Kerakli matn</U>
Yozilgan matn ostida chiziq tortiladi. Bu teg yordamida ayrim so'zlarni belgilab ko'rsatish mumkin.
<CENTER>
Kerakli matn
</CENTER>
Bu teg kiritilgan matnni sahifa yo'rtasida bo'lishini ta'minlaydi. Agar bu teg jadval ichidagi qollansa, u holda u jadval yacheykasi ichidagi matnga ta'sir etadi. Bu tegni jadval ichida qo'llash usullari haqida Jadvallar bilan ishlash bo'limida tushintirib o'tamiz.
<BR>
Bu teg matn qatorlarini surish uchun hizmat qiladi. Ma'lum jumladan so'ng ikkinchi jumlani yangi qatordan boshlamoqchi bo'lsanjiz, jumla so'ngida ushbu tegni yozing.

Bu teg chiziq chizadi. Bu yerdan sizga tanish bo’lmagan xususiyatlarini ta’rifini keltiramiz.
Noshade - chiziq soyasiz bo’ladi.
Size-chiziqning eni.
Width-chiziqning uzunligi.
Avvalgi sahifada qo'shimcha o'lchamlari mavjud bo'lmagan matn tahrirlash uchun ishlatiladigan qo'llqnilishi sodda teglar tasnifi keltirilgan edi. Bu sahifada esa, hech bo'lmaganda bitta qo'shimcha komandaga ega bo'lgan teglar haqida so'z boradi.
<FONT>Kerakli matn</FONT>
Bu teg harfning qo'shimcha o'lchamlarini belgilash uchun ishlatiladi. Quyida ushbi tegning eng ko'p qo'llaniladigan qo'shimcha komandalari bilan tanishib chiqamiz:
SIZE
Harf o'lchamini belgilashda qo'llaniladi. Matndagi harflar o'lchamini 1 dan boshlab hohlagan son bilan belgilash mumkin.
Masalan:
<FONT SIZE=5>Salom!</FONT> Bu mening web sahifam. <FONT SIZE=2>(Izoh)</FONT>

Bundan tashqari siz SIZE o'lchamlarini plus + va minus - bilan ham belgilashingiz mumkin. Bu usul qo'llanganda harf o'lchami ishlatilayotgan harfga nisbatan katta yoki kichik belgilanadi. Misol uchun siz 3 ga teng kattalikdagi harfdan foydalanayotgan bo'lsangiz, SIZE=+2 harf o'lchami SIZE=5 ga, SIZE=-1 o'lchami esa SIZE=2 ga teng bo'ladi.
COLOR
Bu komandadan so'ng rang nomi yoki rangni belgilovchi olti xonali alfabitli raqamli kod kiritiladi va shu tariqa harf rangi belgilanadi. Turli brauserlar turli rang nomlarini belgilay oladi. Pastda keltirilgan jadvalda ranglar nomi yozilgan. Rang nomlari ingliz tilida kiritiladi. Rang nomi va ko'rinishin yodlab olishingiz uchun ularning har birini nomi o'sha rangda belgilangan. Bu ranglarni Netscape Navigator va Internet Explorer navigatorlari muammosiz taniydi va o'qiy oladi:

black blue gray green
maroon navy purple red
yellow white

Rangni belgilovchi alfabitli raqmli kod '#' simvol bilan boshlanadi. Raqamlardan 1 dan 9 gacha yoki Adan F gacha bo'lgan lotin harflarini ishlatish mumkin. Qang kodi qanday bo'lishidan qatiy nazar u RGB (RED - qizil, GREEN - yasxil, BLUE - ko'k) ranglar sistemasida aks ettiriladi. Rangni belgilash uchun uchta rangni bir-biriga qo'shish lozim. Har bir rang ulushini 0 dan 255 gacha bo'lgan miqdorda belgilanadi. Misol uchun tozza qizil rangni belgilash uchun qizil rang miqdorini 255 ga, yasxil va ko'k raglar miqdorini esa 0 ga tenglashtirish lozim va bu mana bunday yoziladi <FONT COLOR=#FF0000>. Olti xonali alfabitli raqamli kodini qo'llash judan ham qiyin.
FACE
Matnni qanday shriftda yozilishini belgilash uchun shrift nomi keltiriladi. Shrift nomi kompuyterda o'rnatilgan bo'lishi kerak, yoki omumiy ishlatiladigan shriftlardan foydalanish mumkin. Agar siz qo'llagan shrift foydalanuvchining kompyuterida topilmagan taqdirda brauser satndart shriftni tanlaydi.
Masalan:
<FONT FACE="Arial">Salom!</FONT>
<FONT FACE="Times New Roman, Arial, Courier New">Bu mening web sahifam.</FONT>

Siz har doim <FONT> tegining FACE komandasini tanlaganingizda, standart shrift turlaridan foydalaning. Misol uchun Windows muhitida ishlovchi barcha kompyuterda o'rnatiladigan standart shriftlar quyidagilardan iborat:

Windows 3.x / 95 / 98 :

Arial
Arial Black
Arial Narrow
Courier
Courier New
Garamond
Helvetica
Times
Times New Roman

Aytaylik siz Times va Times New Roman shriftining boshqacha turini tanlagan bo'lsangiz, u holda foydalanuvchi kompyuterida bi shrift o'rnatilmagam bo'lsa, brauser siz tanlagan shriftni standar Times New Romanga almashtiradi.
<BASEFONT>Kerakli matn</BASEFONT>
Tegi shriftning rangi, o'lchamini belgilash uchun ishlatiladi. <BASEFONT> tegini sahifadagi ba'zi matn shrifti o'lchamlarini belgilash uchun qo'llash mumkin. <BASEFONT> tegining - SIZE, COLOR va FACE komandalari vazifasi <FONT> tegining aynan shu komandalaridan hech mham farq qilmaydi.
Ta'zir doirasi:
<FONT> va<BASEFONT> teglarining ta'sir doirasi u yopilgandan so'ngina tugaydi. Agar siz sahaifada jadval qo'llagan bo'lsangiz, u holda jadval tashqarisida yozilgan matn uchun ishlatilgan <FONT> va<BASEFONT> tegi o'lchamlari jadval ichida joylashtirilgan matnga ta'sir etmaydi. Shuningdek jadval ichida ishlatilganda esa, uning tashqarisidagi matn uchun bu teglar o'lchamlari ahamiyatsiz.
Matnning yirik bo'laklarini tahrirlovchi teglar
Endi siz bilan matndagi yirik bloklar va abzatslarni tahrirlovchi teglar av ularning qo'shimcha komandalarining ishlash tartibini o'rganib chiqamiz.
<PLAINTEXT>
Usbu tegdan so'ng song kiritilgan barcha HTML teglarning ta'sirini butunlay kesadi va ular huddi ekranda ko'rsatilishi lozim bo'lgan matn kabi aks etadi. Bu teg boshqa teglardan tubdan farq qiladi va uni yopish shart emas. Ager matnda ayrim HTML teglarni ekranda barauser aks ettirishini hahlasangiz bu tegdan foydalanishingiz mumkin. Biroq yuqorida aytganimizdek bu tegdan song matnni HTML teglar yordamida tahrirlash mumkin emas. Chunki ularni brauser huddi oddiy matn kabi tushunadi. Agar siz </PLAINTEXT> tegini kiritgan taqdiringizda ham bu <PLAINTEXT> ta'sir doirasini cheklay olmaydi. Web sahifangizda HTML teglarni matn shaklida aks ettirmoqchi bo'lsangiz, u holad uch burchakli qo'shtiqnoq '<' ornida < simvolini qo'llang.
<ADDRESS>
Kerakli matn
</ADDRESS>
Teg o'z nomi bilan adres ya’ni manzillarni belgilash uchun ishlatiladi. Bu teglar orasida yozilgan manzilni har qaysi brauser o'zi hohlagan tarzda namoish etadi. Teg yopilganidan so'ng kritilgan matn yangi satrdan boshlanadi.
<BLOCKQUOTE>
Kerakli matn
</BLOCKQUOTE>
Bu teg matndagi paragraf va satrlarni belgilash uchun qo'llanadi.
<H1>, <H2>, <H3>, <H4>, <H5> va <H6>
yuqoridagi oltita teg sarlovhalarni belgilash uchun qo'llaniladi. Sarlovhalar qalin harflarda yoziladi. Bu teglarning bir-biridan farqi ularning o'lchamlarida. 1 dan 6 gacha bo'lgan sonlar sarlovha o'lchamlarini katta-kichikligini quyida keltirilgan tartibda belgilaydi:
Sarlovha H1
Sarlovha H2
Sarlovha H3
Sarlovha H4
Sarlovha H5
Sarlovha H6
<P>
Kerakli matn
</P>
Bu teg paragraflarni belgilaydi. Paragraf boshi va ohirida bosh qator qoldiradi.
ALIGN
<P> tegining qo'shimcha komandasi bo'lib u пparagraf ichida yozilgan matnni tekislash uchun ishlatiladi. Bu komandaning qo'shimcha o'lchamlari ALIGN - LEFT (matnni chat burchakdan tekislaydi), RIGHT (o'ng tomonga tekislaydi.), CENTER (sahifa markaziga tekislaydi) va JUSTIFY (matnni sahifa eni bo'ylab tekislaydi). JUSTIFY ishlatilganda barause matnni chap av o'ng tomon bo'ylab bir xilda tekislab chiqishga harakat qiladi. Bu jarayonda so'zlar orasi cho'zilib ketishi ham mumkin.
<PRE>
Kerakli matn
</PRE>
Bu teg yordamida siz matnni qanday kiritgan bo'lsangiz shunday ko'rinishda bo'lishi taminlanadi. Quyida keltirilgan ikki misolda buni yaqqol ko'rish mumkin. <PRE> tegidan tashqarida yozilgan matnda probel necha marta ishlatilishidan qatiy mnazar u bittaga hisoblanadi. <PRE> tegi tarkibida kiritilgan matn qanday bo'lsa shundayligicha ekranda ko'rinadi.


1-Misol (misolda <pre> tegi ishlatilmaga):
## #@@# #@@@@# #@@@@@@# ========== # #### # # # # # # # # # # ====== # ##########
2- Misol (per tegi qo'llanganda matnning ko'rinish biz hohlagan tarzda aks ettirilgan):
##
#@@#
#@@@@#
#@@@@@@#
==========
# #### #
# # # #
# # # #
# ====== #
##########

Hujjat "tanasi"ni tahrirlash
Bu bo'limda hujjat "tanasi"ni belgilab beruvchi <BODY> tegi va uning qo'shimcha komandalari haqida so'z boradi. <BODY> tegini oldingi bo'limlarda qisqacha tanashtirib o'tgan edik. Bu teg bevosita HTML hujjatni ekranda ko'rinishi lozim bo'lgan matn, tasvir va boshqa elementlarni o'z ichiga qamrab oladi. <BODY> ochuvchi hamda </BODY> yopuvchi teglari orasida barcha muhim elementlar joylashadi. Bu tegninig qanday qoshimcha komandalarini quyida birgalikda ko'rib chiqamiz.
BGCOLOR
Sahifaning orqa foni rangini belgilash uchun ishlatiladi. Bunda rang nomi yoki harf va sonlardan iborat kod qo'llaniladi.
BACKGROUND
Sahifaning orqa foni uchun qo'llaniluvchi tasvir nomi va u joylashgan papkaga yo'lni ko'rsatishda qo'llaniladi. Tasvir joylashgan papkaga yo'lni ko'rsatish haqidagi ma'lumotlarni "HTML sahifaga tasvir joylashtirish" bo'limida oqishingiz mumkin .
TEXT
Hujjatda yozilgan matn harflarini qanday rangda bo'lishini rang kodlarini kiritish orqali bekgilab beradi. Agar siz ushbu tegni ishlatmagan taqdiringizda matn rangi qora rangda bo'ladi.
LINK
Bu komanda qo'llanilgan sahifadagi havola rangi teg o'lchamlarida qaysi rang kodi yoki nomi berilgan bolsa, osha rangda ekranda namoyon bo'ladi. Bu komanda taysiri, agar siz alohida havola uchun <FONT> tegini COLOR olchmini kiritgan bo'lsangiz, shu havola uchungina ahamiyatsiz hisoblanadi.
VLINK
Bu komanda yordamida ishlatilgan havolalarni belgilab ko'rsatish uchun qo'llaniladi. Siz oquvchi adashib ketmasligi va havolada ko'rsatilgan sahifaga qayta kirmasligi hamda hali qo'llanilmagan havolalarni qo'llanilgan havolalardan ajratib ko'rsatish uchun ishlatishingiz mumkin.
ALINK
Bu komanda kursor yordamida tanlangan va sichqoncha chap tugmasi bosilgan paytda havola rangini o'zgartirish uchun ishlatiladi.
Siz hozir oqigan sahifada <BODY> tegining barcha qo'shimcha komandalari quyidagi tarqibda qo'llanilgan
<BODY BGCOLOR=#003399 TEXT=black LINK=blue ALINK=red VLINK=#006666>
<BODY
alink=color
background=url
bgcolor=color
bgproperties=fixed
bottommargin=pixels
class=classname
id=value
lang=language
language=javascript | jscript | vbscript | vbs
leftmargin=pixels
link=color
rightmargin=pixels
scroll=yes | no
style=css1-properties
text=color
title=string
topmargin=n
vlink=color
event=script
>

Share